Saudiya Arabistoni Ko‘ngilochar bosh boshqarmasi raisi Turki al ash Shayh boks turnirlarining PPV translyatsiyasi narxini pasaytirmoqchi.
"Turnirlar translyatsiyasi narxini ko‘rganimda, ko‘pchilik janglarni nima uchun litsenziyasiz ko‘rishni tanlashini tushunaman. Saudiya Arabistonidagi turnirlarimiz translyatsiyasi narxi 20 funtdan pasaytirishga erishishga harakat qilaman.
Translyatsiyani 40 funtdan 500 ming muxlis olganidan ko‘ra, 20 dollardan 1 million odam olishini maʼqul ko‘raman. Bu boksga yomon taʼsir qilmoqda.
Agar men muxlislarga yaxshi janglarni yaxshi narxlarda bersam, muxlislarni ko‘paytira olaman. Bivol-Beterbiyev jangiga keladigan bo‘lsak, translyatsiya narxi Britaniyada 15 funt, butun dunyo bo‘ylab esa 15 dollardan bo‘ladi", - dedi Turki.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91800 | Инструменты