O‘zbekistonning velosport bo'yicha qizlar jamoasi “Tashkent City Women Professional Cycling Team” ilk bor Jahon turnesida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Darhaqiqat, jamoaning erishgan bu yutug‘i tarixiy bo‘lib, o‘zbek qizlarining mahorati, iqtidori, sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijasi desak xato bo’lmaydi.
O’zbekiston velosport federatsiyasining ma’lum qilishicha, 12-dekabr kuni UCI ya’ni Xalqaro velosipedchilar ittifoqi 2024-yilgi mavsum uchun Jahon turnesida ishtirok etadigan 15 ta jamoa nomini e’lon qildi.UCI tasnifi bo’yicha 2023-yilgi Jahon reytingiga kiritilgan va ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega bo‘lgan eng yaxshi ikki ayollar jamoalari:
“Cofidis” (Fransiya) va “Tashkent City Women Professional Cycling Team” (O’zbekiston) 2024-yil “World Tour” (Jahon turnesi)doirasida bo’lib o’tadigan barcha musobaqalarda ishtirok etish huquqini qo’lga kiritishdi.Qizlarimizning bunday natija ko’rsatishi va Jahon turnesidagi ishtiroki O’zbekiston velosport tarixida ilk bor ro’y bermoqda. 2024-yilgi mavsumda jamoamiz "TOUR DE FRANCE", "TOUR DE FRANCE FEMMES VEC ZWIFT", "TOUR DE L'AVENIR", "GIRO D'ITALIA ITA", "STRADE BIANCHE", "LA VUELTA CICLISTA A ESPAÑA" kabi yirik turnirlarda ishtirok etadi.“Bunday natija bizga ham katta ma’suliyat yuklaydi” – deydi jamoa sport direktori Ruslan Useinov.Eslatib o’tamiz, avvalroq O’zbekiston velosport terma jamoasi a’zolari “Parij-2024” yozgi olimpiya o’yinlariga 4 ta litsenziyani qo’lga kiritgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122309 | Инструменты