Kiprda birinchi poyga tugadi. Unda “Tashkent city cycling woman team” jamoasi UCI shosse musobaqasida ilk Olimpiya reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi.
Velosport federatsiyasining ma'lum qilishicha, a'lo natija bilan Olga Zabelinskaya 2-o‘rinni, shuningdek, Yanina Kuskova 4-o‘rin, Misyurina Margarita 10-o‘rin, Shaxzoda Abdullayeva 11-o‘rin va Madina Qahhorova 13-o‘rinni egalladi.
Ushbu startda 26 nafar chavandozlar, 6 ta jamoa ishtirok etdi, Human power, Gretsiya terma jamoasi, Kipr terma jamoasi, Slovakiya terma jamoasi va hokazo jamoalar ishtrok etdi.
Sportchilarimiz jami 58 ta olimpiya ochkolarini qo‘lga kiritishdi va hozirda mamlakatlar o‘rtasida to‘plagan ochkolari bo‘yicha 1-o‘rinni egallab turibdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61107 | Инструменты