Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) professional ayol tennischilarning haftalik yangi reytingini eʼlon qildi.
Dunyo tennis malikalari Top-10‘taligida bitta o‘zgarish kuzatildi. Amerikalik Daniel Kollinz Top-10‘ga qaytdi. U o‘tgan hafta reytingida 11-o‘rinni egallab turgandi. Qolgan tennis malikalari o‘z o‘rinlarini saqlab qolishdi. Polshalik Iga Svyontek hamon katta farq bilan reyting karvonboshisi bo‘lib turibdi. US Open 2024 chempioni belaruslik Arina Sobolenko ikkinchi, shu turnir vitse-chempioni amerikalik Jessika Pegula 3-o‘rinni band etgan.
Bu hafta o‘zbekistonlik tennischilarning har ikkisi ham reytingda pastladi. Nigina Abduraimova 5 pog‘onaga pastlab, Top-300‘dan chiqib ketdi. Milana Maslenkova bir pog‘onaga pastlab, 1400-o‘rindan joy olgan. Sevil Yuldasheva esa o‘tgan hafta WTA reytingidan chiqarilgan edi.
WTA reytingi. 16 sentyabr kungi holat:
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 10885 ochko
2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 8716
3. (3) Jessika Pegula (AQSH) - 6220
4. (4) Yelena Ribakina (Qozog‘iston) - 5871
5. (5) Jasmine Paolini (Italiya) - 5398
6. (6) Koko Goff (AQSH) - 4983
7. (7) Chjen Sinven (Xitoy) - 3980
8. (8) Emma Navarro (AQSH) - 3705
9. (10) Mariya Sakkari (Gretsiya) - 3416
10. (11) Daniel Kollinz (AQSH) - 3178
O‘zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o‘rni:
304 (299). Nigina Abduraimova – 207
1401 (1400). Milana Maslenkova – 3
Alpha version: 0.9.1.19 build 100600 | Инструменты