Endi O'zbekistonda o'rta tibbiyot xodimlarining ham maqomi oshiriladi

Shu yil 10-sentyabr kuni “Tibbiyot va farmasevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Unga ko'ra, 2027-2028-o‘quv yilidan tibbiyot va farmasevtika sohasidagi OTM larda bakalavriat yo‘nalishlariga, shu jumladan, maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka qabul qilishning minimal chegarasi kirish imtihonlarida to‘plash lozim bo‘lgan maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura va rezidentura dasturlari har bir o‘quv modulining akademik ko‘rsatkichlarini o‘zlashtirishda, shuningdek, davlat imtihonlarida minimal o‘tish ballari shifokor mutaxassisliklari uchun eng yuqori ballning 70 foizi, o‘rta tibbiyot xodimi mutaxassisliklari uchun 60 foiz etib belgilanadi.

Qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari yoki dasturlari orqali tor soha mutaxassisliklari bo‘yicha (qo‘shimcha) ixtisoslashtirish bekor qilinadi. Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga qabul bekor qilinadi.

2027-2028-o‘quv yilidan boshlab hamshiralik ishi kasbiy ta’lim mutaxassisligi negizida tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligi hamda oliy hamshiralik ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizida oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi joriy etiladi.

Bunda tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligi hamda oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishini bitirgan xotin-qizlarga hamshira hamda erkaklarga tibbiyot og‘asi kvalifikatsiyasi beriladi. Oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida davlat buyurtmasi qabul parametrlari 2030/2031 o‘quv yiliga qadar har yili kamida 20% ga oshirib boriladi.

Mavzuga doir:

Tibbiyot sohasida tor soha mutaxassislari uchun magistratura bekor qilinadi;

Keyingi o'quv yilida “5+1” shaklidagi dastur joriy etiladi. Bu nima degani?

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91718 | Инструменты