Para Osiyo o’yinlarida ikkinchi kun bellashuvlari O’zbekiston delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Hozirgina para-kanoe bo‘yicha erkaklar o‘rtasida KL3 klassida bahslar yakunlandi.
Unda hamyurtimiz Hasan Qo‘ldashev marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shahnoza Mirzayevadan ham oltin medal
Para-kanoechilarimiz ikkinchi startni ham omadli o’tkazishdi. Shahnoza Mirzayeva ayollar o’rtasida KL3 klassida kechgan poygada marra chizig’ini birinchi bo’lib kesib o’tib, oltin medalni naqd qildi.
Para-kanoe bo‘yicha erkaklar o‘rtasida VL3 klassida o‘tkazilgan bahslarda hamyurtimiz Haytmurod Sherqo‘ziyev 49.345 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni yozdirib qo‘ydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122310 | Инструменты