Huawei 1
XXI asrning og‘ir vaznli bokschilari Top-10‘taligi eʼlon qilindi

Boks haqida yozuvchi dunyoning mashhur BoxingScene nashri 21-asrning Top-10 og‘ir vaznli bokschilari reyingini tuzib chiqdi.

Ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan amaldagi WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari chempioni Aleksandr Usik joy olgan. Ukrainalik bokschi revansh jangida ham sobiq WBC kamari sohibi britaniyalik Tayson Fyurini ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratgan edi. 

Eʼtiborlisi, kuchli uchlikni ham ukrainalik bokschilar band etishgan. Allaqachon faoliyatlarini yakunlagan aka-uka Vitaliy va Vladimir Klichko Top-3‘ni yakunlab berishgan. Reytingning so‘nggi 10-pog‘onasi sobiq IBF chempioni Kris Byord tomonidan band etilgan.   

BoxingScene talqini bo‘yicha 21-asrning Top-10 og‘ir vaznli bokschilari:

1. Aleksandr Usik (amaldagi WBC, WBA va WBO chempioni)

2. Vladimir Klichko (sobiq WBA, IBF va WBO chempioni)

3. Vitaliy Klichko (“umrbod” WBC chempioni)

4. Lennoks Lyuis (sobiq mutlaq jahon chempioni)

5. Tayson Fyuri (sobiq WBC chempioni)

6. Entoni Joshua (sobiq WBA, IBF va WBO chempioni)

7. Deontey Uaylder (sobiq WBC chempioni)

8. Jozef Parker (sobiq WBO chempioni)

9. Endi Ruis (sobiq WBA, IBF va WBO chempioni)

10. Kris Byord (sobiq IBF chempioni)

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122603 | Инструменты