Huawei 1
Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Bugun qilichbozlik sportida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini jamg‘arish davri rasman yakunlandi.

Quvonarlisi, sablya bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Zaynab Dayibekova ushbu reyting orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga yo‘llanma oldi.

Shu tariqa, Dayibekova faoliyatida ikkinchi bor Olimpiya o‘yinlarining ishtirokchisiga aylanmoqda.

Qolgan yo‘nalishlardagi qilichbozlarimiz 27-28 aprel kunlari BAAning Fujayra shahrida o‘tadigan qitʼaviy litsenzion turnir orqali yo‘llanma olishga harakat qilishadi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari 26 taga yetdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga