Huawei 1
9-aprel — Dunyoda birinchi mexanik kompyuter kashf etilgan kun

1936-yil aynan shu kuni nemis muhandisi Konrad Suze birinchi hisoblash mashinasi (mexanik kompyuter) "Z1"ni taqdim etgan.

"Z1" dunyoda birinchi amaliy qo‘llanilgan mexanik kompyuter bo‘lib, uning yordamida aerodinamik hisob-kitoblar amalga oshirilgan.

Muhandis kompyuter uchun qo‘shimcha buyruqlarni o‘z ichiga olgan yo‘riqnomalarni ishlab chiqqan bo‘lib, bu esa murakkab hisoblash algoritmlarini o‘rnatish uchun ishlatiladigan haqiqiy dasturlash tili xisoblanadi.  

Dunyoda birinchi mexanik dasturlashtirilgan kompyuter "Z1" 2 600 ta telefon rele qurilmalari va 400 ta boshqaruv blokidan tuzilgan bo‘lib, 1 tonna og‘irlikka ega bo‘lgan.

1945-yil Germaniya urush xolatida bo‘lganligi sababli Konrad Suze "Z" ishlanmalarini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20707 | Инструменты