Huawei 1
Chiqindida ishlaydigan dunyodagi birinchi giperkar namoyish etildi

Bertone nihoyat GB110 giperkarining prototipini taqdim etdi. U plastik chiqindilarni qayta ishlash natijasida olingan sintetik yoqilg‘i bilan quvvatlanadi. Ya'ni, qaysidir ma'noda uni chiqindi bilan ishlaydigan mashina deyishimiz mumkin.

GB110 avvalroq ko'rsatilgan edi, ammo endi to'liq e'lon qilindi. Avtomobil taxminan 1100 ot kuchi va 1100 Nm aylanish momentini ishlab chiqaradigan 5,2 litrli ikki turbo quvvatli V10 dvigateli bilan jihozlangan. Shu bilan birga, mashinaning og'irligi atigi 1422 kg.

Kompaniya hozircha 100 km/soat tezlashuvni ko‘rsatmagan, biroq avtomobil 12,9 soniyada 300 km/soat tezlikka erishadi, maksimal tezlik esa 350 km/soat deb aytilgan. Hammasi bo'lib, Bertone atigi 33 nusxani chiqaradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90805 | Инструменты