Huawei 1
Eng kuchli Android smartfonlarining reytingi yangilandi, unda birorta ham Samsung modeli yo’q

Mashhur AnTuTu benchmarkini ishlab chiquvchilari eng kuchli Android smartfonlarining yangilangan reytingini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, yanvar holatiga ko’ra ro’yxatda ba’zi o’zgarishlar yuz bergan va barcha raqobatchilarni chetlab o’tishga muvaffaq bo’lgan yetakchi ham almashgan.

2023-yil 31-yanvar holatiga ko’ra reytingidagi eng kuchli Android smartfoni - OnePlus 11 bo’ldi. 

Qurilma ushbu reytingdagi boshqa smartfonlarning aksariyati kabi yangi flagman Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 protsessori bilan jihozlangan.

Reytingdagi ikkinchi va uchinchi o’rinni iQOO 11 Pro va vivo X90 Pro + egalladi. OnePlus 11 singari, ularda ham Snapdragon 8 Gen 2 protsessoridan, LPDDR5X operativ va UFS 4.0 doimiy xotirasidan foydalanilgan.

AnTuTu reytingida to’rtinchidan o’ninchi o’ringacha quydagilar joy olgan:

- Nubia Red Magic 8 Pro +

- iQOO 11

- Redmi K60 Pro

- vivo X90 Pro

- Xiaomi 13 Pro

- Xiaomi 13 

- vivo X90

Ro’yxatdagi smartfonlardan faqat vivo X90 Pro va vivo X90 modellari MediaTek Dimensity 9200 asosida ishlab chiqarilgan, qolganlari esa Snapdragon 8 Gen 2 bilan jihozlangan. Qizig’i shundaki, reytingda birinchi va oxirgi o’rin o’rtasidagi farq 100 ming balldan sal ko’proqni tashkil qiladi. Shu bilan birga yanvar reytingidagi TOP-10 talikda birorta ham Samsung modeli yo’q.

Eslatib o’tamiz, avvalroq 2023-yilda eng kuchli bo’lishi taxmin qilinayotgan smartfon va tarixdagi eng ko'p sotilgan 20 ta telefon nomi e'lon qilingan edi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101811 | Инструменты