Huawei 1
2023-yilda eng kuchli bo'lishi taxmin qilinayotgan smartfon e'lon qilindi

2022-yil hali tugashga ulgurmadi, ammo mutaxassislar 2023-yilda qaysi smartfon eng ilg'or bo'lishini bashorat qilishga urinishmoqda.

Mutaxassislar TSMC top-menejerlarining bayonotini asos qilib olishmoqda. Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, ularning yangi protsessorlari bozordagi eng kuchli protsessor bo'ladi. U 3 nm texnologik standartlarga muvofiq ishlab chiqiladi.

Shu bilan birga, birinchi smartfon ushbu protsessorni faqat 2023-yilning ikkinchi yarmida olishi xabar qilingan. Mutaxassislar ushbu smartfon iPhone 15 Pro bo'lishini taxmin qilishdi. Apple va TSMC o'rtasida kuchli va samarali hamkorlik mavjudligini hisobga olsak, bu yana ham ishonarli bo'ladi.

O‘z navbatida, bu hamkorlik yangi iPhone’ni kelasi yilning eng kuchli telefoniga aylantiradi.

Sizga qiziq bo’lishi mumkin:

iPhone 14 smartfonlarining taxminiy narxlari e'lon qilindi

▪  iPhone 14 sakkiz xil rangda chiqadi - foto

▪  "Apple" kompaniyasi Iphone 14 ning sotuvga chiqarish sanasini e'lon qildi

▪  iPhone 14 Pro rekord darajadagi xotiraga ega bo'lishi aytilmoqda

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112412 | Инструменты