Hindistonning Tata Group kompaniyasi mamlakatdagi iPhone ishlab chiqaradigan Wistron zavodini sotib oladi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, kompaniyalar o’rtasidagi muzokaralar bir necha oydan beri davom etib kelmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, Tata Group tomonidan amalga oshiriladigan xarid mart oyi oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.
Bitim imzolangach, Tata Group va Wistron o’rtasida qo’shma korxona tashkil etiladi va undan keladigan asosiy ulush hind kompaniyasiga tegishli bo’ladi. Tata Group asosiy ishlab chiqarish operatsiyalarini Wistron ko’magida nazorat qiladi.
Bitim summasi hozirgacha oshkor etilmagan, ammo, nashrning xabar berishicha, Hindistondagi Wistron zavodi 600 million dollardan ko’proqqa tushishi mumkin. Zavodda 10 ming kishi jumladan, 2 ming muhandis ishlaydi. Shuningdek, unda 8 ta iPhone yig’ish liniyasi mavjud.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Hindistonning Tata Group konglomerati o'zining ichki va xalqaro aviatarmoqdagi faoliyatini mustahkamlash hamda yirik aviatashuvchi yaratish uchun Air India va Vistara aviakompaniyalarini birlashtirishini ma'lum qilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122706 | Инструменты