iPhone 15 Ultra ehtimolli dizayniga oid fotosuratlar e’lon qilindi
iPhone 15 Ultra ehtimolli dizayniga oid fotosuratlar e’lon qilindi. Unga ko'ra, smartfonning orqa qopqog‘i tekis panel o‘rniga aylanasimon 2.5D-oynadan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, kameralar bloki korpusdan bo‘rtib chiqmaydi. Boshqa xossalaridan yana biri titan ramka hamda USB Type-C zaryadlash tuynugi bo‘ladi .
Ma’lum qilinishicha, iPhone 15 Ultra taqdimoti 2023-yilning 15-sentabrida bo‘lib o‘tadi va uning narxlari 1,2 ming dollardan boshlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112415 | Инструменты