Huawei 1
Raqamli texnologiyalar vazirligi qiymati 717 mln so‘m bo‘lgan "Vazirlik stipendiyasi" tanlovini o‘tkazadi

Raqamli texnologiyalar vazirligining ma'lum qilishicha, qiymati 717 mln so‘m bo‘lgan “Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi” tanlovi o‘tkaziladi. 

Raqamli texnologiyalar vazirlik tizimidagi OTMlarning bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 4-kursdan boshqa barcha bosqich talabalari, TATU va uning filiallaridagi texnikumlar hamda akademik litseylarning o‘quvchilari uchun har o‘quv yilida Vazirlik stipendiyasi kvotasi ta’lim muassasalari o‘rtasida taqsimlanadi. 

Tanlov g‘oliblari quyidagi stipendiya miqdoriga erishadi: 

- talabalarga BXM 5 barobari (1,5 mln. so‘m – 10 oy uchun 15 mln. so‘m);

- o‘quvchilarga BXM 2 barobari (600 ming so‘m – 10 oy uchun 6 mln. so‘m).

Tanlov joriy yilning iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi va it-istedod.uz portali orqali hujjatlar onlayn qabul qilinadi. Barcha shartlar va qanday hujjatlar to'ldirilishi bo'yicha bu yerda batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Yangi tasdiqlangan tartibga ko‘ra, quyidagi baholash mezonlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:

— Xorijiy tillarni bilish darajasi (B1,B2,C1);

— Xalqaro IT-sertifikat mavjudligi;

— Hakaton yoki IT-tanlovlarda ishtiroki;

— Ilmiy-ijodiy va innovatsion ishlari mavjudligi;

— O‘zlashtirish darajasi (GPA).

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111920 | Инструменты