Telegramda endi siz foydalanuvchi nomlarini sotib olishingiz mumkin bo'ladi

Telegramda foydalanuvchi nomlarini (username) maxsus platforma orqali sotib olish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda ilova asoschisi Pavel Durov o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.

"Va’da qilinganidek, biz Telegram foydalanuvchi nomlarini maxsus platforma — “Fragment.com”da sotib olish imkoniyatini ishga tushirdik", — deydi Durov.  

Ta’kidlanishicha, eng qimmat foydalanuvchi nomlari uchun kimoshdi savdolari allaqachon amalda.

Bir necha kundan keyin foydalanuvchilarga Fragmentda mavjud foydalanuvchi nomlarini sotish imkoniyatini ham joriy qilinadi.

"Ijtimoiy tarmoqlar tarixida birinchi marta foydalanuvchi nomlari uchun adolatli, shaffof bozor tashkil etildi", — deydi Telegram asoschisi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin telegramda to'rt harfli foydalanuvchi nomlari (username) sotuvga chiqarilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik

Izohlar: 4
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61311 | Инструменты