Huawei 1
Telegramda yanada ko‘proq reklamalar paydo bo‘ladi

Telegramda foydalanuvchilar reklamani ko‘radigan yana bir joy paydo bo‘ladi. Bu haqda Hi-Tech.mail nashri xabar berdi.

Messenjer ishlab chiquvchilari uni qidiruv tizimiga — odamlar kontaktlar va yangi kanallarni qidiradigan joyga joriy etishni rejalashtirmoqda.

Telegramning Android uchun beta-versiyasida (11.9-versiya) reklamalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qidiruv natijalarida ko‘rsatilishiga ishora topildi.

U foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga emas, balki aynan nimani topishga harakat qilayotganiga qarab paydo bo‘lishi mumkin.

Masalan, foydalanuvchi “A” kanalini qidirganda, qidiruv natijalarida birinchi o‘rinda “B” kanali ko‘rsatiladi, chunki “B” kanalining egalari Telegramga reklama uchun haq to‘lagan.

Qayd etilishicham qidiruv natijalarida bunday kanallar “Homiylik qilingan” degan belgi bilan namoyish etiladi.

O‘z kanalini targ‘ib qilishni xohlovchilarga buni Telegram reklama platformasi orqali amalga oshirish taklif etiladi. Albatta, bu bepul xizmat emas.

Premium obunaga ega foydalanuvchilar bunday kanallarni ko‘rmaydilar. Qidiruv jarayoni ular uchun o‘zgarmaydi.

Hozircha bu yangilik sinovdan o‘tkazilmoqda. Biroq, uning joriy etilishi juda ehtimolga yaqin deb baholanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40705 | Инструменты