1-martdan 5-mart soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga jami 9 361 nafar vatandoshimiz evakuatsiya qilindi.
Saudiya Arabistonidan muntazam hamda qo‘shimcha charter reyslar orqali 8 114 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanga qaytarildi.
Birlashgan Arab Amirliklaridan hozirgi kungacha 1192 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi.
Erondan 23 nafar, Bahrayndan esa 25 nafar, O‘mondan 7 nafar fuqarolarimiz vatanga xavfsiz yetkazildi.
Vatandoshlarimizni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimli va bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarilmoqda.
Ayni paytda evakuatsiya asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lib turgan mamlakatlardan amalga oshirilmoqda.
Mintaqaning boshqa davlatlarida havo hududi ochilishi bilan mazkur tadbirlar tezkor ravishda tashkil etiladi va davom ettiriladi.
Fuqarolarimizni xotirjamlikni saqlashga, vahimaga berilmaslikka va vazmin harakatlanishga chaqiramiz.
Shuningdek, ayni paytda xorijda bo‘lib turgan yurtdoshlarimizdan mazkur mamlakatning ichki qoidalari va talablariga qat’iy rioya etish hamda faqat O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va diplomatik vakolatxonalari tomonidan tarqatilayotgan rasmiy axborotga amal qilish so‘raladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30515 | Инструменты