Huawei 1
Turkiyaning TOGG elektromobili narxi 50 ming dollardan boshlanadigan boʻldi

Turkiyaning TOGG elektromobili sotuvga chiqishga tayyorlanmoqda va shu haftadan oldindan buyurtmalar qabul qilina boshlaydi.

Birinchi elektr transport vositalarini yetkazib berish mart oyining oxiridan boshlanadi va jami ishlab chiqaruvchi joriy yil oxirigacha iste'molchilarga 20 mingga yaqin Togg elektromobillarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Eng arzon komplektatsiyada bir quvvatlashda bosib oʻtiladigan masofa 314 kilometrga teng. Yaxshilangan komplektatsiya 64 ming dollar turadi va u bilan 523 km yoʻl bossa boʻladi.

Eslatib o'tamiz, Togg elektr krossoverining birinchi prototipi 2019-yilda taqdim etilgandi. Biroz vaqt o'tgach, o'sha yili turk brendi Yevropada ikkinchi modelni - elektr sedanni patentladi, uning chiqarilish sanasi hali noma'lum.

Bir marta quvvatlanganda TOGG krossoverining quvvat zahirasi 500 kilometrgacha yetadi va atigi yarim soat ichida akkumulyatorni 80 foizga zaryadlash mumkin bo‘ladi.

Ommaviy ishlab chiqarish oktyabr oyining oxirida boshlangan, zavod yiliga 175 mingtagacha avtomobil ishlab chiqarishga mo'ljallangan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72804 | Инструменты