Huawei 1
Xitoyda iPhone 14 Pro nusxasidagi smartfon sotuvga chiqarildi

Xitoyning elektronika ishlab chiqaruvchi LeTV kompaniyasi iPhone 14 Proga arzon muqobil sifatida yaratilayotgan LeTV S1 Pro Android smartfonini taqdim etdi. Aynan "Apple" kompaniyasining shu flagmani loyiha dizaynerlarini ilhomlantirgan. Uni “iPhone 14 Proning kloni” deyish mumkin.

Qurilmalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni tekis porloq uchlarida, orqa tarafdagi kvadrat kameralar blokida va hatto dinamik orolchada (“Dynamic Island”) kesilgan ekranda kuzatish mumkin.

Renderlarga ko‘ra, displeydagi teshik turli xil dasturiy interfeyslar, masalan, musiqa pleyeri va minigarnituralarni ulash haqidagi bildirishnoma bilan o‘ynaladi. Selfi kameraning o‘zi oddiy, 5 megapiksel o‘lchamga ega.

13 megapikselli faqat bitta asosiy fotomodul mavjud, qolgan ikkita ko‘z esa oddiy o‘xshashlikni ta’minlab turuvchi o‘xshash aylanalar xolos. Ekran 6,5 dyuymli, IPS-matrisali va oddiy o‘lchamlari 1600 ga 720 piksel.

LeTV S1 Pro 5G modem, 8 Gb tezkor (operativ) va 128 Gb ichki (doimiy) xotiraga ega 8 yadroli “Unisoc Tiger T7510” chipi bilan ishlaydi. Batareyaning sig‘imi 5000 mA/soat va USB Type-C orqali 10 Vt quvvatga ega bo‘la oladi.

Xitoyda smartfonni atigi 899 yuanga (1,5 million so‘m) sotiladi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122617 | Инструменты