Yevropada "Car of the Year" ("Yil avtomobili") tanlovining g‘olibi e’lon qilindi.
Hakamlar Jeep Avenger ixcham yo‘ltanlamas (krossover)ini Yevropaning 2023-yildagi eng yaxshi avtomobili, deya e’tirof etishdi. Jeep Avenger uchun 57 nafar hakam jami 328 ball berdi.
Ikinchi o‘rinda — yana bir yo‘ltanlamas — Volkswagen ID.Buzz elektr krossoveri.
uchinchi o'rinda — Nissan Ariya.Keyingi o‘rinlarda — Kia Niro, Renault Austral, Peugeot 408, Subaru Solterra va Toyota bZ4X.
"Yil avtomobili" tanlovida mashinalarni Yevropaning 22 mamlakatidan 57 nafar avtomobil jurnalisti baholadi. Bu yil tanlovga 60 yil to‘ldi.
Stellantis konserniga qarashli Jeep brendi o‘z tarixida birinchi marta ushbu tanlov g‘olibi bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, Jeep Avenger — 156 ot kuchiga ega elektr motor o‘rnatilgan ixcham yo‘ltanlamas bo‘lib, bir quvvat olishda 400 kilometrgacha yo‘l bosadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты