Esports Charts portali translyatsiyalarni ko’rish bo’yicha eng mashhur kibersport o’yinlari reytingini e’lon qildi va 2022-yildagi ko’rsatkichlarni o'tgan yilgi ma’lumotlar bilan solishtirdi.
Reyting natijalarga ko’ra, birinchi o’rinni Riot Games studiyasining League of Legends o'yini egalladi. O’yin 617 million soatdan ortiq tomosha qilingan, bu 2021-yilga nisbatan 7 foizga kam.
Riot Games o'yini bo'yicha eng ommabop turnir 2022 World Championship bo'lib, u bir vaqtda onlayn ko'rgan odamlar soni bo'yicha yangi rekord o'rnatishga muvaffaq bo'ldi. Final vaqtida translyatsiyani 5 milliondan ortiq tomoshabin tomosha qilgan.
Ikkinchi o’rinni Valve studiyasining Counter-Strike: Global Offensive o’yini egalladi. Foydalanuvchilarning jami ko’rishlar soni 448 million soatni tashkil qilgan. Ushbu ko’rsatkich 2021-yilga nisbatan 8,5 foizga oshgan.
Uchinchi o’rinda 331 million soat tomosha qilingan Mobile Legends: Bang Bang mobil o’yini bo’ldi. Mutaxassislar ko’rsatkichlarning 14,4 foizga pasayganini qayd etdilar.
Bu yil natijalariga ko’ra, Dota 2 o’yini kuchli uchlikka kira olmagan va 313 million soat tomosha bilan 4-o’rinni egallagan.
Shuningdek, Riot Games studiyasining Valorant otishmasi birinchi marta beshinchi o’ringa ko’tarildi. O’yinni ko’rishlar soni 33 foizga oshib, 283 million soatdan ortiqni tashkil qilgan.
Eslatib o’tamiz, avvalroq AQShda eng istiqbolli va eng ko’p maosh oladigan kasb egalari ro’yxati e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51910 | Инструменты