Huawei 1
Albaniya musulmonlar uchun mikrodavlat yaratishga tayyorlanmoqda

Albaniya poytaxti Tiranada Rimdagi Vatikanga o‘xshab mitti davlat tuzish rejalashtirilgan. Ammo u katoliklar uchun emas, balki mo‘tadil musulmon jamoasi bo‘lmish bektoshlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Ma’lumotni Albaniya bosh vaziri Edi Rama hamda Bektoshiy so‘fiylik tariqatining diniy rahbari, Baba Mondi nomi bilan tanilgan Edmond Brahimay tasdiqlagan.

Bo‘lajak shahar-davlat hududida spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga ruxsat beriladi, ayollardan ro‘mol o‘rash talab qilinmaydi va ularga o‘zlari xohlagan kiyimlarni kiyishga ijozat beriladi. Turmush tarziga oid hech qanday ko‘rsatmalar majburiy bo‘lmaydi.

“Yaratgan hech narsani taqiqlamaydi. Shuning uchun u insonlarga aql-idrok bergan”, deydi Edmond Brahimay NYT nashriga bergan intervyusida.

Mitti davlatning maydoni atigi o‘n gektar atrofida bo‘lishi kutilmoqda, biroq u yerda o‘z administratsiyasi, pasportlari bo‘ladi, chegaralarga amal qilinadi.

Edi Rama yangi davlatga asos solishdan maqsad Albaniya faxrlanadigan islomning bag‘rikenglik versiyasini targ‘ib qilishdan iborat ekanini aytdi.

Biz bu boylikni — diniy bag‘rikenglikni — asrab-avaylashimiz va uni hech qachon o‘z-o‘zidan tushunarli deb bilmasligimiz kerak, deb ta’kidladi u.

Albaniya bosh vaziri mo‘tadil islom mikrodarajasining yaratilishi “Musulmonlar haqidagi stereotiplarning musulmonlar kimligini aniqlashiga yo‘l qo‘ymang” degan signal yuborishiga ishonadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92316 | Инструменты