Huawei 1
Toshkent – Dubay – Toshkent reysiga bepul bagaj miqdori oshirildi

20 sentyabrdan 31 oktyabrgacha Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishidagi parvozlarda odatdagidan 10 kg ko‘proq yuk olib o‘tish mumkin. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Yuqorida keltirilgan muddat mobaynida bepul bagaj miqdori quyidagicha bo‘ladi:   

—   ekonom-klass toifasidagi qaytariladigan tariflar uchun – 40 kg gacha;  

—   ekonom-klass toifasidagi qaytarilmaydigan tariflar uchun – 30 kg gacha;  

—   biznes-klass uchun – 50 kg gacha.  

Bundan tashqari, yuqorida ko‘rsatilgan muddatda amalga oshiriladigan parvozlar uchun UzAirPlus sodiqlik dasturi aʼzolari 20% ko‘proq ballarga ega bo‘ladilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92318 | Инструменты