Huawei 1
Qoraqalpog‘istonda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan poyezdda yong'in sodir bo'ldi

Qoraqalpog‘istonda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan poyezdda yong'in sodir bo'ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i, mayor Aybek Abdurahmanov ma’lum qildi.

Holat joriy yilning 19 sentyabr kuni soat 14:50 atrofida Xo‘jayli tumani “Kulab” OFY hududida sodir bo‘lgan. “Mang‘istov-Nukus” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan yo‘lovchi tashish poyezdi teplovozining 2-seksiyasining ichki qoplamasida yong‘in kelib chiqqan.

“Yong‘in Xo‘jayli tumani FVB yong‘in-qutqaruvchilari tomondan bartaraf etilgan. Yong‘in sababi va moddiy zarar surishtiruvlar davomida aniqlanadi”, deydi Oybek Abdurahmonov.

Shuningdek, teplovozda jami 8 ta yo‘lovchi tashish vagonlari bo‘lib, ko‘rilgan chora-tadbir natijasida ular zarar ko‘rmagan. Yo‘lovchilar soat 15:30 atrofida yo‘nalish bo‘yicha boshqa teplovoz yordamida manziliga harakatni davom ettirgan. 

Voqea bo‘yicha tan jarohatini olgan yoki nobud bo‘lgan fuqarolar yo‘q.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92318 | Инструменты