Pokiston havo yo’llariga tegishli Airbus A320 samolyotining halokatga uchrashi oqibatida samolyot bo’rtidagi 99 nafar yo’lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi vafot etdi
Pokiston havo yo’llariga tegishli Airbus A320 samolyotining halokatga uchrashi oqibatida samolyot bo’rtidagi 99 nafar yo’lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi vafot etdi. Bu haqida Associated Press hukumat vakillariga tayanib habar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko’ra samolyot aeroport yaqinidagi odamlar yashaydigan hududda qulagan. Voqea oqibatida kamida oltita uy vayron bo’ldi.
Guvohlarning aytishicha havo kemasi ikki yoki uch marta qo’nishga harakat qilgan, ammo buning uddasidan chiqmagan.
Falokatga dvigateldagi muammo sabab bo’lgan bo’lishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11421 | Инструменты