Huawei 2
Apple film ishlab chiqarish va kinoteatrlarda namoyish etish uchun yiliga 1 milliard dollar sarflashni rejalashtirmoqda

Apple kompaniyasi Gollivuddagi obro’sini oshirish va striming xizmatiga obunachilarni jalb qilish yo’lidagi ulkan sa’y-harakatlar doirasida kinoteatrlarda namoyish etiladigan filmlar ishlab chiqarish uchun yiliga 1 milliard dollar sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Apple bu yil kinoteatrlarda ko'rsatiladigan bir qancha filmlarni ishlab chiqarish bo’yicha hamkorlik qilish uchun kinostudiyalarga murojaat qilgan.

Potensial relizlar qatoriga Martin Skorsezening Leonardo Di Kaprio ishtirokidagi “Gul oy qotillari” filmi, Metyu Von rejissyorligidagi “Argayl” ayg’oqchi trilleri va Ridli Skottning fransuz qo'mondoni “Napoleon” haqidagi dramasi kiradi.

Aytib o'tish lozim, Apple kompaniyasining oldingi aksariyat filmlari striming xizmati uchun eksklyuziv bo’lgan yoki cheklangan kinoteatrlarda chiqarilgan.

Hisob-kitoblarga ko’ra, hozirda Apple TV+ hizmati 20 milliondan 40 milliongacha obunachiga ega, bu Netflix va Disney kabi raqobatchilardan kamroq, deb yozadi Bloomberg.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga