Huawei 1
"Apple" kompaniyasi Iphone 14 ning sotuvga chiqarish sanasini e'lon qildi

Blumbergning xabar berishicha, 7-sentyabr kuni iPhone 14 ni taqdimoti bo’lib o’tadi. 

Yangi iPhone'lar kuzgi mavsumni boshlab beradi. Shuningdek, bir nechta yangi Mac, yuqori sifatli iPad va 3 ta Apple Watch modellarining taqdimoti ham aynan shu kunga mo’ljallangan.

Kompaniya odatda yangi iPhone taqdim etilganidan taxminan bir yarim hafta o'tgach do'konlarga sotuvga chiqaradi. Katta ehtimol bilan bu yil ham shu an'anaga amal qilinadi. 

Shuningdek, kompaniya tadbirni onlayn tarzda o'tkazish niyatida. Apple matbuot kotibi tadbir vaqti haqida izoh berishdan bosh tortdi. Ya'ni taqdimot kunning qaysi qismida va soat nechchida o'tkazilishi hali aniq emas.

Standart iPhone 14 tashqi ko‘rinishi iPhone 13 ga o‘xshab ketadi, ammo kompaniya 5,4 dyuymli “mini” versiyasini bekor qiladi va 6,7 dyuymli ekranli modelni qo‘shadi.

iPhone 14 Pro dagi eng muhim o'zgarishlar kamera tizimida bo'ladi, u iste'molchilarga biroz kattaroq ko'rinadi. Pro modellari 12 megapikselli ultra keng va telefoto sensorlar bilan bir qatorda 48 megapikselli keng burchakli kameraga ega bo'ladi. Shuningdek, video yozish va batareya quvvatini yaxshilash rejalashtirmoqda.

Avvalroq, iPhone 14 Pro rekord darajadagi xotiraga ega bo'lishi va yangi modellar bir vaqtning o'zida bir nechta mamlakatlarda ishlab chiqarilishi haqida xabar bergandik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты