iPhone 14 Pro rekord darajadagi xotiraga ega bo'lishi aytilmoqda

Apple kompaniyasi chiqarilishi yaqinlashib kelayotgan iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max uchun 128 Gb saqlash versiyasidan voz kechib, yangi konfiguratsiya prognozi bort xotirasining 256 Gb gacha yangilanishini reja qilmoqda. Ya'ni iPhone 14 Pro modellari asosiy variant uchun 256 Gb xotiraga ega, eng yuqori versiyasi 2 TB bo‘lishi mumkin.

Bunda iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max endi iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max ning asosiy modellariga nisbatan ikki baravar xotiraga ega bo'ladi. Taqqoslash uchun, eng qimmat iPhone 13 Pro va Pro Max hozirda 1 terabayt xotiradan foydalanadi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin faqat Xitoyda emas: yangi iPhone 14 bir vaqtning o'zida bir nechta mamlakatlarda ishlab chiqarilishi haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты