Huawei 1
AQSH dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

AQSH mudofaa vaziri Piter Hegset Fox telekanaliga bergan intervyusida AQSH o‘zining dronlarga qarshi mudofaa tizimini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirganini aytdi.

«Kongressda menga shu haqda savol berishdi va men: «Ha, ko‘chirdik», deb javob qaytardim», dedi Hegset.

Uning tushuntirishicha, zamonaviy urush va milliy mudofaa o‘zgargan va Qo‘shma Shtatlar nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda o‘z fuqarolarini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish niyatida. «Kichik tizimlar» jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligiga qaramay, AQSH bunga tayyor.

«Ha, urush tushunchasining o‘zi ko‘z o‘ngimizda o‘zgarmoqda: dronlarga qarshi texnologiya haqiqatan qo‘rqinchli. Lekin bizda kerakli odamlar bor», deb ishontirdi Hegset.

The Wall Street Journal gazetasining 5 iyun kuni xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar Hegsetning buyrug‘i bilan Ukrainaga yetkazish uchun mo‘ljallangan maxsus raketa uskunalarini Yaqin Sharqdagi Amerika harbiy havo kuchlariga yo‘naltirgan. Pentagon rahbari o‘z qarori haqida Kongressni «ortiqcha shovqinsiz» xabardor qilgan.

8 iyun kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH Jo Bayden maʼmuriyati Ukrainaga berishga vaʼda qilgan 20 ming dona dronga qarshi raketalarni Yaqin Sharqqa yuborganini eʼlon qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81717 | Инструменты