AQSH immigrasiya qonunchiligini buzgan Rossiya fuqarolarini vataniga deportatsiya qilishni qayta boshladi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Advokatlarga ko‘ra, Rossiya armiyasidagi yosh yigit safarbarlikdan qochib, AQSHga kelgan va shu hafta Rossiyaga deportatsiya qilingan. Yigitning ismi ochiqlanmagan. Ta’kidlanishicha, u ham bir qator boshqa rossiyaliklar singari o‘tgan yili AQSHdan boshpana so‘rab murojaat qilgan.
Ma’lum qilinishicha, Rossiyadan boshqa boshpana izlovchilar AQSH hukumati ularni Rossiyaga yuborishi mumkinligidan dahshatga tushmoqda, u yerda ular jinoiy javobgarlikka tortilishi yoki frontga yuborilishi mumkin.
AQSH Immigrasiya va Bojxona xizmati shu hafta immigrasiya qonunlarini insoniy, samarali va professional tarzda amalga oshirishga sodiqligini bildirgan.
Bundan tashqari, AQSHdan deportasiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarga muvofiq, Rossiyaga deportasiya qilinayotgani ta’kidlangan.
Rossiyaga deportasiyalar qachon qayta tiklangani aniq emas. Nashrning qayd etishicha, Oq uy izoh so‘roviga javob bermagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111617 | Инструменты