AQSh Kongressi Turkiyaga 40 ta F-16 qiruvchi samolyotlarini sotishni ma’qulladi, deya xabar beradi Amerikaning Anqaradagi elchixonasi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. Bundan tashqari, Turkiya bilan hozirda xizmat ko‘rsatayotgan 79 ta qiruvchi samolyotni modernizatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Elchixona bayonotida aytilishicha, bu qaror “oldinga qo‘yilgan muhim qadam hisoblanadi”.
“Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyotlari ittifoqchilar oʻrtasida kelajakdagi oʻzaro hamkorlikni taʼminlaydi. Bu NATOning kuchi uchun juda muhim”, dedi elchixona.
Hurriet gazetasining qayd etishicha, AQSh Davlat departamenti 26-yanvar kuni qiruvchi samolyotlar sotilishi haqida Kongressga rasman xabar bergan. 15 kun ichida Kongress o'z e'tirozlarini Davlat departamentiga yuborishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10305 | Инструменты