AQSh qishloqlik xo'jaligi vazirligi prognozlariga ko'ra, 2023-yil Ukrainada bug'doy yetishtirish hajmi 21 foizga qisqaradi
2023-yilda Ukrainada bug'doy yetishtirish 21 foizga kamayadi, dedi AQSh Qishloq xo'jaligi vazirligi (USDA).
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, bugʻdoy yetishtirish 16,5 million tonnagacha kamayishi kutilmoqda. Taqqoslash uchun, 2022-yilda bug‘doy yetishtirish 20,9 million tonnaga yetgan. 2021-yilda ukrainalik fermerlar 33,01 million tonna hosil yig‘ishdi.
Shuningdek, Ukrainadan bug'doy eksporti 33 foizga, ya'ni 15 million tonnadan 10 million tonnagacha qisqarishi taxmin qilinmoqda.
Bug‘doydan tashqari, boshqa don ekinlarini yetishtirish 16 foizga – 34,06 dan 28,67 million tonnagacha kamayishi kutilmoqda. 22 million tonna makkajo‘xori yig‘ib olinishi, eksporti esa 16,5 million tonnagacha kamayishi kutilmoqda.
Avvalroq, Slovakiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakili Andrey Valner respublika hukumati agentlikning Ukrainadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish haqidagi taklifini ma’qullaganini ma’lum qilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71806 | Инструменты