AQSH Davlat departamenti Tayvanga taxminan 385 million dollarlik F-16 qiruvchi samolyotlari va radar qismlarini sotishni ma’qulladi.
Bu haqda Pentagonning mudofaa xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik agentligi ma’lum qilgan.
Davlat departamenti, shuningdek, Tayvanga takomillashtirilgan mobil abonent uskunalari va ularni qo‘llab-quvvatlash qurilmalarini taxminan 65 million dollarga sotishni ma‘qulladi, dedi Pentagon. Bitimning asosiy pudratchisi General Dynamics kompaniyasi hisoblanadi.
Tayvan Mudofaa vazirligi sotuvlar bir oy ichida “kuchga kirishi”ni kutayotganini va jihozlar F-16 flotining jangovar tayyorgarligini saqlashga hamda “mustahkam mudofaa kuchlarini yaratishga” yordam berishini aytdi.
Avvalroq Xitoy AQSHni Tayvan bilan munosabatlarda “maksimal ehtiyotkor bo‘lishga” chaqirgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120612 | Инструменты