AQShning Florida shtatida to'rt nafar, Texasda esa bir nafar odamda bezgak kasalligi aniqlandi. Bu Amerikada 2003-yildan beri tashqaridan olib kelinmagan birinchi holat hisoblanadi.
AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) shifokorlar hamda sog'liqni saqlash xodimlarini bir nechta mahalliy bezgak holatlari haqida ogohlantirdi.
Departament xabariga ko'ra, ikki shtatdagi ishlar bir-biriga bog'liq emas. Floridadagi barcha to'rtta holat bir hududda bo'lgan. Hozirda hamma bemorlar davolanmoqda va ularning ahvoli yaxshilanmoqda.
Ma'lum qilinishicha, bezgakni avval kasal keyin esa sog'lom odamni chaqadigan urg'ochi anofel chivinlari yuqtiradi. Shuningdek, kasallik qon quyish, a'zolarni ko'chirib o'tkazish, igna orqali va onadan homilaga yuqishi mumkin.
Aksariyat amerikaliklar bezgakni chet elda tez-tez uchraydigan joylarga sayohat qilish paytida yuqtirishadi. Dunyo bo'ylab har yili 240 millionga yaqin kasallik qayd etiladi, ularning 95 foizini Afrikadagi holatlar tashkil qiladi.
CDC ma'lumotlariga ko'ra, AQShda koronavirus pandemiyasidan oldin asosan sayohat bilan bog'liq 2,000 ga yaqin bezgak kasalligi bo'lgan.
Aytib o'tish lozimki, Amerikada oxirgi marta mahalliy infeksiyalar 2003-yilda Florida shtatidagi Palm-Bich okrugida sakkiz kishi kasallanganida qayd etilgan.
Olimlarning fikricha, mamlakatda bezgak kasalligi iqlim oʻzgarishi tufayli tez-tez uchrab, bu haroratning oshishiga olib keladi, deb yozadi CNN.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72110 | Инструменты