Avstraliyadagi laboratoriyadan 300 dan ortiq xavfli virus namunalari yo‘qoldi. Bu haqda Kvinslend hukumatiga tayanib, Fox News xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, xavfli infeksiyalar, shu jumladan, Xendra virusi va xantavirus solingan 323 ta flakon yo‘qolgan. Jurnalistlar yuqumli namunalar o‘g‘irlanganmi yoki yo‘q qilinganmi, noma’lumligini aytmoqda.
Hukumat Avstraliyaning jamoat salomatligi departamenti Queensland Health’ga “bioxavfsizlik protokollarining katta tarixiy buzilishi” deb ta’riflangan holat bo‘yicha tergov boshlashni topshirgan.
“Vaziyat zudlik bilan choralar ko‘rishni talab etmoqda”, dedi Kvinslend hokimiyati vakillari. Ular infeksiyalar tarqalishi xavfi past ekanini aytmoqda.
Bostondagi Shimoliy-Sharqiy universitetning sun’iy intellekt va hayot fanlari bo‘limi direktori, falsafa doktori Sem Skarpino namunalari yo‘qolgan bir nechta viruslar o‘limga olib kelishini tasdiqladi. Biroq ularning aksariyati odamdan odamga yuqmaydi, shu sababli epidemiya xavfi past.
Fox News xabar berishicha, namunalar yo‘qolgan laboratoriya “tibbiy ahamiyatga ega bo‘lgan chivinlar va kanalar tashiydigan viruslar hamda patogenlarni tashxislash, kuzatish va o‘rganish xizmatlarini” taqdim etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122705 | Инструменты