Huawei 2
Axios: AQSh Isroilga qurol sotishni to'xtatdi

Qo'shma Shtatlar Falastinning HAMAS harakati bilan mojaro boshlanganidan beri birinchi marta Isroilga qurol yetkazib berishni to'xtatishga qaror qildi. Bu haqda Axios portali xabar bermoqda.

“Isroil rasmiylari Isroilga o‘q-dori yetkazib berish o‘tgan hafta to‘xtatilganini aytdi”, — deyiladi nashrda.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, yetkazib berishning to‘xtatilishi 2023-yil oktabr oyidan beri birinchisi bo‘ldi. Isroil rasmiylariga ko'ra, voqea Isroil hukumati ichida jiddiy xavotirga sabab bo'lgan va yuk nima uchun kechiktirilganini o'rganish kerak.

Shu bilan birga, Oq uy jurnalistlarga izoh berishdan bosh tortdi.

Avvalroq, G‘arb davlatlari G‘azo sektoridagi vaziyatni tartibga solish uchun Isroilga qurol-yarog‘ sotishni kamaytirish taklifi bilan chiqqani xabar qilingan edi. Qayd etilishicha, Islom hamkorlik tashkiloti va Arab davlatlari ligasi tomonidan G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarga chek qo‘yish maqsadida tuzilgan aloqa guruhi, shuningdek, “bir qancha G‘arb davlatlari” vakillari yaqinda Ar-Riyodda uchrashuvlar va “muhim muzokaralar” o‘tkazgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga