Isroilning yangi rejasi G‘azo sektoridagi deeskalatsiyaning uch bosqichini o‘z ichiga oladi. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, hujjat Qatar vositachilari orqali allaqachon HAMAS vakillariga berilgan
AQSh prezidenti Jo Bayden 31-may, juma kuni Isroil taklif qilgan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha yangi rejani taqdim etdi. Rejaga ko‘ra, deeskalatsiyaning uch bosqichi, asosan, doimiy sulh va Isroilning Falastin hududidan chiqib ketishini o‘z ichiga oladi.
Rejaga ko'ra, birinchi bosqich olti hafta davom etishi kerak. Unda to‘liq va yakuniy o‘t ochishni to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarining G‘azo sektoridagi aholi punktlaridan olib chiqib ketilishi va yuzlab falastinlik mahbuslarni ozod qilish evaziga bir qator isroillik garovga olinganlarni qaytarish kiradi.
Ikkinchi bosqich harbiy harakatlarni yakuniy to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan olib chiqib ketishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, bu bosqichda qolgan barcha garovga olinganlar Isroilga qaytarilishi kerak.
Nihoyat, uchinchi bosqichda AQSh va xalqaro hamjamiyat ko‘magida mintaqani keng ko‘lamli qayta qurish rejasi boshlanadi, bu esa 3-5 yil davom etadi. HAMAS terrorchilari tomonidan o‘ldirilgan qarindoshlarining jasadlari isroillik garovga olinganlarning oilalariga qaytarilishi kerak.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112400 | Инструменты