Huawei 2
Bayden Kongressni qurol nazoratini kuchaytirishga chaqirdi

AQSH prezidenti Jo Bayden Shimoliy Karolinadagi otishmadan keyin Kongressni qurol nazoratini kuchaytirish bo‘yicha qonunchilik tashabbuslarini amalga oshirishga chaqirdi.

29-aprel kuni Sharlotta shahrida sodir bo‘lgan otishma natijasida huquq-tartibot idoralarining to‘rt nafar xodimi halok bo‘ldi, yana besh nafari yaralandi.

“Biz huquq-tartibot xodimlarini himoya qilish uchun ko‘proq harakat qilishimiz kerak. Ularga o‘z ishlarini bajarish va bizni xavfsiz saqlash uchun zarur bo‘lgan resurslarga ega bo‘lish imkonini beradigan moliyalashtirishni kuchaytirishimiz kerak. Bu qurol zo‘ravonligi muammosiga qarshi kurashish uchun ko‘proq harakat qilishni anglatadi”, — dedi AQSH prezidenti.

AQSH rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Amerika rasmiylari huquq-tartibot xodimlarini himoya qilish choralarini ko‘rishi kerak. Gap hujum qurollari va yuqori sig‘imli o‘qdonlarga ega qurollarni taqiqlash, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlarini moliyalashtirishni oshirish haqida bormoqda.

Bundan tashqari, barcha qurol xarid qiluvchilarning biografik ma’lumotlarini tekshirish va qurol ishlab chiqaruvchilarning sud jarayonlaridan daxlsizligini bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga