Huawei 1
Makkada mushkul vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ko‘magida Saudiya Arabistonining Makka shahrida qiyin moliyaviy ahvolda qolgan fuqaro A.R. oilasi bag‘riga qaytarildi

Bosh konsulxona maʼlumotiga ko‘ra, yurtdoshimiz G.M. Saudiya Arabistoniga umra amallarni bajarish maqsadida borgan turmush o‘rtog‘i A.R. moddiy tomondan qiyin ahvolda qolgani sababli unga yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan.

A.R. Saudiya Arabistoniga umra amallarini bajarish maqsadida O‘zbekistondan 30-mart kuni velosipedda yo‘lga chiqqan. U O‘zbekistondan Rossiyaga, u yerdan Gruziyaga borgan. Gruziya chegarachilari tomonidan u kelgan joyiga, Rossiyaga qaytarib yuborilgan. Shundan so‘ng A.R. "Vladikavkaz – Istanbul – Jidda" yo‘nalishi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga yetib kelgan.

Maʼlum bo‘lishicha, Makkada bo‘lgan vaqtida uning buyumlari va tegishli hujjatlari bo‘lgan sumkalari o‘g‘irlab ketilgan.

Bosh konsulxona vakillari Makkadagi o‘zbekistonlik fuqarolar yordamida A.R. topishga erishdi va unga O‘zbekistonga qaytish uchun guvohnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, faol vatandoshlar ko‘magida “Madina-Toshkent” yo‘nalishidagi aviaqatnovga chipta sotib olib berildi.

Fuqaro 17-may kuni sog‘-salomat oilasi bag‘riga qaytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51012 | Инструменты