AQSHda respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp chiqindi tashuvchi mashinada sayr qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Siyosatchi shu tariqa amaldagi prezident Jo Baydenning Tramp tarafdorlarini “chiqindi” degan so‘zlariga javob qaytardi. Bayden tegishli bayonotni Nyu Yorkda o‘tkazilgan Trampning saylovoldi mitingida komik Toni Xinchkliffning Puerto-Rikoni “suzib yuruvchi chiqindi oroli” deb atagan so‘zlariga munosabat tariqasida aytgandi. AQSH rahbari Puerto-Riko aholisi “yaxshi, tartibli odamlar” ekanini alohida ta'kidlagan.
Men ko‘rayotgan yagona chiqindi — bu uning (Trampning) tarafdorlaridir, degan Bayden.
Keyinroq Oq uy prezident Tramp tarafdorlarini emas, aynan komikni nazarda tutganini bildirgan. Tushunmovchilik apostrof belgisi tufayli yuzaga kelgani aytilgan. Bunga javoban Tramp quyidagicha munosabat bergan:
Baydenning bayonoti chin ma’noda sharmandali. Mening chiqindi tashuvchi mashinam qanday ekan? Bu Kamala va Jo Bayden sharafiga, degan Tramp mashinadan boshini chiqarib.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110607 | Инструменты