Xalqaro hamjamiyat Ikkinchi jahon urushi davridan buyon eng shafqatsiz va tartibsiz davrni boshdan kechirmoqda. Bu haqda 22 noyabr kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyanda o‘tkazilgan qurol-yarog‘ ko‘rgazmasining ochilish marosimida so‘z ochdi.
“Hozirda biz Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng tartibsiz va zo‘ravonlikka to‘la dunyoni ko‘ryapmiz”, dedi KXDR yetakchisi.
Kim Chen Inga ko‘ra, AQSH o‘z hukmronligini o‘rnatish maqsadida qo‘llayotgan sharmandali nayranglar va ular sababli kelib chiqqan turli nizo va to‘qnashuvlar “portlash nuqtasiga” yetgan hamda g‘ayrinsoniy va qo‘rqinchli urushlar hamda dahshatli ofatlarga olib kelgan. Xususan, bugungi vaziyat taxminan 100 yil oldingi Yevropa va Osiyodagi fashizmning dunyo tartibini buzish uchun birlashgan paytlarini eslatadi.
“AQSH imperializmi boshchiligidagi g‘arb va sharqning reaksion kuchlari butun dunyoda zo‘ravon va ochko‘z tartib o‘rnatishga harakat qilmoqda”, dedi u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112221 | Инструменты