Huawei 2
Blinken: AQSh Rossiyaga yordam bergani uchun Xitoyga qarshi sanksiyalar joriy etishga tayyor

Davlat kotibi Entoni Blinken, agar Rossiyaga ikki maqsadli mahsulotlar yetkazib berishni to‘xtatmasa, Qo‘shma Shtatlar Xitoyga nisbatan cheklov choralarini kiritishga tayyorligini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, bu mavzu Pekinda Xitoy raisi Si Szinpin va tashqi ishlar vaziri Van I bilan muzokaralarda muhokama qilingan.

“Bugungi muhokamalar chog‘ida men XXR tomonidan Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligini kuchaytiruvchi komponentlar yetkazib berilishidan jiddiy xavotirlarimizni takrorladim. Agar Xitoy tomonidan hech qanday chora koʻrilmasa, biz chora koʻrishga toʻliq tayyormiz”, dedi Blinken matbuot anjumanida. 

Uning eslatishicha, AQSh avvalroq Xitoy kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritgan. Anjuman AQSh Davlat departamentining YouTube’dagi kanalida translyatsiya qilindi.

AQSh kotibining fikricha, Xitoy Rossiyaga yordam berishda davom etar ekan, G‘arb davlatlari bilan yaxshi munosabatlarga intila olmaydi.

Antoni Blinkenning Xitoyga tashrifi arafasida The Wall Street Journal maqola e'lon qildi, unda Rossiya-Ukraina harbiy mojarosi boshlanganidan keyin Xitoy Federatsiyaga elektron sxemalar, samolyot qismlari, avtomobillar va stanoklar yetkazib beruvchi asosiy davlatga aylangani aytildi.

Xitoy banklari Rossiyaga tijorat eksporti bo'yicha asosiy vositachilar sifatida nomlandi. Nashr manbalarining iddao qilishicha, AQSh ularga qarshi sanksiyalar joriy etishga hozirlik ko‘rmoqda. 

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi nashrga izoh berar ekan, XXR boshqa davlatlar bilan teng huquqlilik va oʻzaro manfaatlar asosida normal savdo-iqtisodiy faoliyat yuritish huquqiga ega ekanligini taʼkidladi. Blinken bilan uchrashuvda Van Yi AQShni Xitoy suvereniteti va xavfsizligiga oid qizil chiziqlarni kesib o'tishdan ogohlantirdi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga