Huawei 1
Bloomberg: Turkiya Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyor

Turkiya o‘z harbiylarini Ukrainaga tinchlikparvar kuchlar sifatida yuborishga tayyor. Bu haqda manbalarga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an fevral oyi boshida Anqarada bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan bu masalani muhokama qilgan.

Turkiyaning o‘t ochishni to‘xtatish rejimini monitoring qilishda yordam berishga tayyorligi Yevropadagi ittifoqchilar, jumladan, tegishli rejalarni ishlab chiqayotgan Buyuk Britaniya va Fransiya uchun muhim ahamiyatga ega. 

Biroq Anqara barcha maslahatlashuvlarda va uni shakllantirishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha boshqa tadbirlarda ishtirok etmasa, hech qanday tinchlikparvar missiyaning bir qismiga aylanishni istamaydi, deydi manbalar.

Bloomberg materiali e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay, Rossiyaning “RIA Novosti” agentligi Erdo‘g‘on ma’muriyatiga asoslanib, Turkiyaning Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish uchun diplomatik vositachilik qilishga tayyor ekanini, ammo harbiy kuchlarni yubormasligini xabar qildi.

Bizda bunday ma’lumot yo‘q, bu borada rasmiy bayonot berilmagan. Rasmiy bayonotlarga tayaninglar, deya Turkiya prezidenti ma’muriyati javobidan iqtibos keltiradi agentlik.

Rossiya Ukrainada NATO davlatlaridan tinchlikparvar kuchlari bo‘lishini xohlamaydi

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov 18-fevral kuni mamlakat Ukrainada NATOga a’zo davlatlardan tinchlikparvar kuchlarning bo‘lishini nomaqbul deb hisoblashini aytdi. Lavrovning aytishicha, Saudiya Arabistonida AQSH delegatsiyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida Rossiya tomoni “mojaro hal etilgandan yoki kelishuvga erishilgandan so‘ng, qandaydir qurolli kuchlar yoki tinchlikparvarlarni joylashtirish imkoniyati” masalasini ko‘targan.

Biz NATO davlatlaridan bo‘lgan qo‘shinlar va qurolli kuchlarning boshqa bayroq ostida, masalan Yevropa Ittifoqi yoki milliy bayroqlar ostida paydo bo‘lishi vaziyatni o‘zgartirmasligini tushuntirdik. Bu, albatta, biz uchun qabul qilib bo‘lmaydigan holat, deya ta’kidladi vazir.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22820 | Инструменты