BMT barchani Tolibonga qarshi birlashishga chaqirdi

Birlashgan Millatlar tashkiloti Afg'onistondagi millionlab muhtojlarga yordam berish va ularga yordam qo’lini cho’zishga doim tayyor ekanini yana bir bor ta'kidladi.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning so’zlariga ko’ra, tashkilot afg'on xalqining huquqlari va qadr-qimmatini rag'batlantirishda tinchlik va barqarorlikni tiklash bo'yicha barcha sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlaydi.

U xalqaro hamjamiyatni Afg'onistonni qo'lga kiritgan Tolibonga qarshi birlashgan holda kurashishga chaqirdi.

Ayni paytda, Kobul xalqaro aeroportida minglab odamlar Tolibonning zulmidan qochishga urinmoqda. Bu yerda tartibsizliklar nihoyasiga yetgani yo’q.

Guterreshning aytishicha, BMT aeroportni boshqarish uchun hech qanday imkoniyatga ega emas.

Tolibon hozirda aeroportdan tashqarida qurol bilan harakat qilmoqda.  AQSh va Britaniya harbiylari esa ichkarida nazoratni qo’lga olgan.

Tolibon mamlakatni to'liq nazoratga olganidan so'ng, 15,000 nafar amerikalik hali ham Afg'onistonda qolgan.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30207 | Инструменты