Huawei 1
BMT Isroilni Rafahga hujum qilishdan ogohlantirdi

Isroil armiyasining G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida o‘tkazishi mumkin bo‘lgan quruqlikdagi operatsiyasi tinch aholi orasida yanada ko‘proq azob va o‘limga olib keladi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligining (UNRWA) X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida aytiladi.

"Isroilning Rafahga hujumi bundan ham ko'proq tinch aholining jabrlanishi va halok bo'lishini anglatadi", - deydi tashkilot.

Agentlikning ta'kidlashicha, UNRWA imkon qadar Rafahda bo'lib turadi va odamlarga hayotni saqlab qolish uchun yordam berishda davom etadi.

Eslatib o'tamiz, bugun erta tongda Isroil armiyasi Rafahning ba'zi sharqiy mahallalaridan aholi evakuatsiya qilinishini e'lon qildi. Falastinliklarga Al-Mavasi va Xon Yunus shaharlaridagi “gumanitar zonalar”ga ko‘chib o‘tish taklif qilinmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Rafah va uning atrofida 1,5 millionga yaqin falastinlik boshpana topgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga