Huawei 1
BMT Suriyada tarqalayotgan vabo butun mintaqaga xavf tug‘dirishi mumkinligidan ogohlantirmoqda

BMT so‘nggi yillarda birinchi marta Suriyada qayd etilgan vabodan xavotirda ekanini bildirdi. Tashkilotdagilarning ma’lum qilishicha, ushbu kasallik butun mintaqa uchun xavf tug‘dirishi mumkin. 

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi uch haftada Suriyada vaboga chalinish bo‘yicha 900 dan ortiq holat qayd etilgan va 8 kishi kasallik oqibatida halok bo‘lgan. Kasallik Halab va Deyr-az-Zor viloyatlarida tarqalgan. Taxminlarga ko‘ra, vabo odamlar viloyatlar orasidan oqib o‘tuvchi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda foydalaniladigan Furot daryosining suvini ichishi oqibatida yuzaga kelgan. Kasallikning tarqalishi, shuningdek, iqlim o‘zgarishi va mamlakat ichidagi mojarolar sabab butun Suriyada suv yetishmayotganini ko‘rsatmoqda.

"Kasallik Suriyada va mintaqadagi barcha insonlar uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Kasallanish va o‘lim holatlarining oldini olish uchun zudlik bilan shoshilinch harakatlarni ko‘rish kerak", — deydi BMTning Suriyadagi gumanitar masalalar bo‘yicha koordinatori Imron Rizo.

BMTning ma’lum qilishicha, gumanitar yordam allaqachon zarar ko‘rgan va boshqa xavfli hududlardagi tibbiyot muassasalariga yetkazilgan. Toza ichimlik suvi ham yuk mashinalarida olib kelinmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51102 | Инструменты