Ozarbayjon chegarachilari 1990-yillardan beri Armaniston nazoratida boʻlgan toʻrtta qishloq ustidan nazorat oʻrnatgan. Yerevan va Boku qoʻshinlarini shimoliy chegaradan olib chiqib ketishdi
Ozarbayjon chegara xizmati 1990-yillardan beri Armaniston nazoratida boʻlgan toʻrtta qishloq hududi ustidan nazorat oʻrnatdi. Bu haqda 24-may, juma kuni Ozarbayjon OAVlari Armaniston bilan chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha komissiyaga rahbarlik qilayotgan respublika bosh vaziri o‘rinbosari Shahin Mustafoyev matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Ozarbayjon chegarachilari Baganis-Ayrum, Ashagi-Askipara, Xeyrimli va Qizilgajili qishloqlarini nazorat ostiga oldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11317 | Инструменты