Braziliya prezidenti jurnalistlarni Covid-19dan o'lib ketishini bashorat qildi

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru kuni kecha bo'lib o'tgan ommaviy tadbirda jurnalistlarni qo'rqoqlikda aybladi, hamda ularning ko'pchiligi nimjon bo'lgani sabab, Covid-19dan o'lib ketishini bashorat qildi.

Davlat rahbarining OAV bilan munosabatlari ancha vaqtdan beri keskin tus olmoqda edi. Uning tarafdorlari esa bir necha bor jurnalistlar bilan mushtlashuvgacha borgan.

Yakshanba kuni jurnalistlardan biri Bolsonarudan o'z rafiqasining hisob raqamiga minglab dollarlar o'tkazgani haqida so'raganida Bolsonaru uning oldiga borib "Yuzingga bir urishni juda ham istardim" deya javob qaytargan.

Jurnalistning savoli ham bekorga berilmagan edi, chunki ohirgi oylarda Bolsonaruni ko'pchilik korrupsiyada ayblamoqda.

"Sizlar faqat yovuzlikni bilasizlar, qo'lingizdagi qalamni ham yovuzlik qilish uchun ishlatasizlar. Sizning pandemiyadan omon qolishingiz juda qiyin", - dedi Bolsonaru.

Prezidentning o'zi ham koronavirusni oy boshida boshdan kechirgan edi. Uning fikriga ko'ra, aynan uning o'tmishda sportchi bo'lgani virusni yengishda qo'l kelgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50515 | Инструменты