Buyuk Britaniya hukumati fuqarolarga favqulodda holatlar yuzaga kelgan taqdirda 72 soat davomida mustaqil ravishda yashay olishlari uchun maxsus "xavfsizlik ryukzagi" tayyorlab qo‘yishni tavsiya qilmoqda. Bu ogohlantirish Rossiyadan kelayotgan ehtimoliy tahdidlar — xususan, energetika infratuzilmasiga va dengiz osti gaz quvurlariga qilingan diversiya xavfi bilan bog‘liq.
Ma'lum qilinishicha, Rossiyaga tegishli kemalar Shimoliy dengizdagi strategik quvurlar yaqinida razvedka ishlari olib borgan. Bu esa mamlakat elektr ta’minotida jiddiy uzilishlar yuzaga kelishi mumkinligini anglatadi.
Shu sababli, Britaniya hukumati fuqarolardan quyidagilarni o‘z ichiga olgan “tirik qolish to‘plami”ni uyda saqlab qo‘yishni so‘ramoqda:
Shuningdek, telefonlar uchun quvvat banklari, issiq kiyimlar va sanitariya vositalari ham tavsiya etiladi.
Ushbu chaqiriq global geosiyosiy tanglik kuchayayotgan bir paytda jamoaviy xavfsizlikka e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi. Mutaxassislar bunday tayyorgarlik har bir fuqaroga o‘zini va yaqinlarini muqobil sharoitda himoya qilish imkonini berishini ta’kidlamoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40906 | Инструменты